Italiya Respublikasida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari diqqatiga

Italiya hududida COVID-19 koronavirusining tarqalishi munosabati bilan Oʻzbekistonning Rim shahridagi Elchixonasi huzurida Operativ shtab tuzildi va uning aʼzolari vatandoshlar bilan muntazam ravishda muloqotda boʻlib turilibdi. Oʻzbekistonlik talabalar uchun Telegram messenjerida 2 ta guruh – “Наши студенты в Италии” va “Ташкент-Торино-2019/2020” ochildi. Konsullik hisobida jami 866 nafar fuqaro turadi.
2020-yil 6-mart kuni ertalabki holatga koʻra Italiyada Oʻzbekiston fuqarolari orasida koronavirus yuqtirganlar qayd etilmagan.
Elchixonaning maʼlum qilishicha, Italiya tomoni bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston vazirlik va idoralari, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari delegatsiyalarining 20 dan ortiq safarlari keyinroqqa koʻchirildi, Italiyaning qator yetakchi kompaniyalari vakillarining mamlakatimizga tashriflari qoldirildi.
Oʻzbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi Elchixonasi huzuridagi Operativ shtab aʼzolarining telefon maʼlumotlari:
Abdulaziz Abduganiyev, Siyosiy masalalar boʻyicha maslahatchi
+390687775827; +393441124141
Munira Nizamova, Konsul, birinchi kotib
+390687775739; +393356080226
Doston Omonov, Attashe
+390687775724; +393358155529
Xushnud Artikov, “Uzbekistan Airways” AJning Italiyadagi vakili
+390642014811; +393476994402
Elchixonaning internet-resurslari:
Veb-sayt: http://italia.mfa.uz/
Elektron pochta: ambasciata@uzbekistanitalia.org
Facebookdagi sahifa: www.facebook.com/ UZEmbassyItaly/
Telegramdagi guruhlar: “Nashi studentы v Italii” va “Tashkent-Torino-2019/2020”
Elchixona manzili:
Ambasciata dellʻUzbekistan in Italia
Via Pompeo Magno 1, 00192 Roma
TIV
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring