Italiya, Fransiya va Germaniya HAMASga qarshi favqulodda sanksiyalar joriy etishga chaqirdi
Foto: Reuters
Italiya, Fransiya va Germaniya Falastinning HAMAS harakatiga qarshi favqulodda sanksiyalar joriy etishga chaqirmoqda. Bu haqda “Reuters“ agentligi uch davlatning Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrelga yoʻllagan maktubiga tayanib xabar bermoqda.
“Biz HAMAS va uning tarafdorlariga qarshi favqulodda sanksiya rejimini yaratish taklifini toʻliq qoʻllab-quvvatlashimizni bildiramiz”, — deyiladi agentlik xabarida uch davlatning qoʻshma maktubi matnidan iqtibos keltirilib.
“Reuters“ning hujjatga tayanib qayd etishicha, ushbu sanksiyalar rejimining erta joriy etilishi Yevropa Ittifoqining HAMASga qarshi majburiyatlari va davlatlarning Isroil bilan birdamligi haqida kuchli “siyosiy signal” beradi.
Yaqin Sharqdagi vaziyat 7-oktyabr kuni Gʻazo sektoridan Isroilga Falastinning HAMAS harakati jangarilarining kirib kelishi, Isroil bilan chegaradosh hududlar aholisining oʻldirilishi va 200 nafardan ortiq, jumladan, bolalar, ayollar va qariyalarning garovga olin olinishi bilan keskin yomonlashdi. HAMAS hujumni Isroilning Quddusdagi Al-Aqso masjidiga qarshi harakatlariga javob deb atadi.
Isroilda, rasmiylarning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, HAMAS hujumlari oqibatida taxminan 1,2 ming kishi halok boʻlgan, bu raqam tinch aholi, askarlar, chet el fuqarolari va ishchilarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, 5 mingdan ortiq odam tan jarohati olgan.
Bunga javoban Isroil mudofaa kuchlari Gʻazo sektorida HAMASga qarshi “Temir qilichlar” operatsiyasini boshladi. Bir necha kun ichida Isroil harbiylari Gʻazo bilan chegaraga yaqin boʻlgan barcha aholi punktlarini nazorat ostiga oldi va chiziqdagi nishonlarga, jumladan, tinch aholiga havodan zarbalar berishni boshladi. Shuningdek, Isroil Gʻazo sektorini toʻliq blokadaga olganini eʼlon qildi: suv, oziq-ovqat, elektr energiyasi, dori-darmon va yoqilgʻi yetkazib berish toʻxtatildi.
Oktyabr oyining oxirida Isroilning anklavdagi operatsiyasining quruqlik bosqichi boshlandi. Gʻazo shahri Isroilning quruqlikdagi kuchlari tomonidan oʻrab olingan va anklav amalda janubiy va shimoliy qismlarga boʻlinib qolgan.
Isroil hujumlari boshlanganidan beri Gʻazo sektorida halok boʻlganlar soni 16 mingdan oshdi, 35 mingdan ortiq kishi jarohat oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring