Istiqbol qadamlariga mustahkam zamin
Bugungi islohotlar mazmuni “Inson qadri uchun” tamoyilining mohiyatiga qaratilgan. Bunda, avvalo, mahallada aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish, ularning muammolarini tizimli hal etish va roziligiga erishish bosh maqsad qilib olingani saʼy-harakatlarga qanot boʻlayotir.
Xalqona qadriyatlarimiz mahallada shakllanib, tobora sayqal topib boryapti, desak, toʻgʻri boʻladi. Shu maqsadda Jizzax viloyatida Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda hamkor tashkilotlarning tashabbusi bilan tizimli tadbirlar tashkil etilmoqda.
Forish tumanidagi Ilonli qishlogʻida istiqomat qiluvchi Qobil bobo
Qobil bobo singari insonlar oilalarning bebaho nuroniylari, yurtimizning fayzi shukuhi. Nuroniylar tajribasini yoshlar tarbiyasi uchun bogʻcha yoshidanoq qoʻllash, ularga toʻgʻri yoʻl koʻrsatish kerak. Ayni mana shu mantiqqa asoslangan mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimi yoshlar hayotining barcha bosqichini qamrab olgan.
Vatanni sevish, uni asrab avaylash, bu — oʻzbekona tarbiyaning asosi. Nuroniy otaxon-onaxonlar va yoshlar suhbati Jizzax choʻllarini oʻzlashtirish jarayonlari, bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar,
Qayd etish kerak, xalq bilan muloqot qilish, aholi muammolarini chuqur oʻrganish va ularga yechim topish muhim masalalardan biri.
Fikrimizni Jizzax viloyatidagi ayrim tumanlar va Sirdaryo viloyatlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan davom ettirsak.

Tahlillarga koʻra, joylarda amalga oshirilgan ishlar barobarida
Shu bilan birga, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi boshchiligidagi tegishli idoralar rahbarlaridan iborat ishchi guruh Arnasoy tumanidagi Chinobod va Bobur nomli, Zarbdordagi Andijon nomli qishloqlar kabi markazdan olis va eng chekka, sharoiti nisbatan ogʻir 16 ta aholi yashash manzilida oʻtkazgan oʻrganishlari davomida fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, aniqlangan 200 dan ziyod ijtimoiy muammolarga yechim belgilandi.
Hayot va turmush muammolari yechimiga qaratilgan ana shunday ishlar Sirdaryo viloyatida ham tatbiq etilmoqda. Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi boshchiligidagi ishchi guruh Sirdaryo viloyatida aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida yigirmadan ziyod olis hududlarida boʻlib, aholi bilan muloqotlar oʻtkazdi.
Odamlar koʻz oʻngida turmush uchun salbiy taʼsirga ega holatlarni tezda bartaraf etishning aniq muddatlari belgilandi. Misol uchun, Sardoba tumanining markazdan uzoq
Soatlar oʻtmasdan ishlab boshlandi, qurilish materiallari keltirilib, taʼmirlash ishlari keng koʻlamda boshlab yuborildi. Avval 15 kilometrga yaqin ichki yoʻllar va yana shuncha trotuarlar quriladigan boʻldi. Bir vaqtning oʻzida elektr hamda ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash boʻyicha ham ishlar boshlandi.

Yana bir jihat shundaki, muammolar yechimida, aholi bilan muloqotlarda nuroniylarning oʻrni alohida. Sharqona tarbiya shundayki, katta avlod vakillari kichiklarga doimo oʻrnak boʻlib keladi. Bu esa yurtimiz rivoji va yoshlar tarbiyasida muhim oʻringa ega.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring