Istanbul aeroportida tanasiga 6 kg oltin yashirgan oʻzbekistonlik ayollar ushlandi
Istanbul aeroportida oʻtkazilgan tekshiruvlarda 3 nafar oʻzbekistonlik ayol jinsiy aʼzolarida jami 6 kilogramm 28 gramm oltinni olib oʻtmoqchi boʻlgani aniqlandi.
Holat 25-aprel kuni soat 21:30 larda roʻy bergan. Istanbul aeroportida oʻtkazilgan tekshiruvlar chogʻida Chimkentdan kelgan oʻzbekistonlik Aziza B., Dilsora A. va Firuza K. ismli 3 nafar ayol gumonlanuvchi sifatida toʻxtatilgan. Ularning yuklari tintuv qilingan, biroq hech narsa topilmagan.
Jiddiy shubhalar tufayli gumonlanuvchilar prokuraturaning koʻrsatmasi bilan rentgen tekshiruvidan oʻtish uchun shifoxonaga olib borilgan. Olingan rentgen tasvirlarida ayollarning jinsiy aʼzolarida jismlar borligi, ular tilla ekani aniqlangan va chiqarib olingan.
Maʼlum boʻlishicha, ayollarning jinsiy aʼzolaridan jami 120 dona turli ogʻirlikdagi, umumiy ogʻirligi 6 kilogramm 28 gramm boʻlgan tilla tangalar olingan.
Oltinlar Huquqbuzarliklar profilaktikasi va tergov byurosi guruhlariga topshirilgan. Holat yuzasidan tergov davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring