Tramp Hoʻrmuz boʻgʻozi orqali neft yetkazib berish toʻxtatilsa, Eronga zarbalarni kuchaytirish bilan tahdid qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp agar Tehron Hoʻrmuz boʻgʻozi orqali neft yetkazib berishni toʻsishda davom etsa, Qoʻshma Shtatlar Eronga nisbatan ancha kuchliroq zarbalar berishini maʼlum qildi. Tegishli bayonot uning Truth Social ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida eʼlon qilindi.
“Agar Eron Hoʻrmuz boʻgʻozida neft oqimini toʻxtatadigan biror bir harakat qilsa, AQSH unga hozirgacha boʻlgan zarbalardan 20 baravar kuchliroq zarba beradi”, — deb yozdi Amerika yetakchisi.
Respublikachi prezidentning qoʻshimcha qilishicha, AQSH shuningdek, “oson vayron qilinadigan nishonlarni” yoʻq qiladi va bu Eronning davlat sifatida qayta oyoqqa turishini deyarli imkonsiz holga keltiradi.
“Ularning boshiga oʻlim, olov va gʻazab yogʻiladi. Lekin men bunday boʻlmasligini umid qilaman va duo qilaman!” — deya taʼkidladi Tramp.
Avvalroq xorijiy OAV Eron Fors koʻrfazidagi tijorat kemalaridan xavfsizlik uchun haq talab qilishni boshlash niyatida ekani haqida xabar bergan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring