Isroil hukumati: HAMAS garovdagilar boʻyicha kelishuvga qiziqish bildirmayapti
Foto: AP
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Gʻazo sektoridagi garovdagilar muammosini harbiy yoʻl bilan hal qilmoqchi. Bu haqda ABC nashri xabar berdi.
Nashr manbasiga koʻra, Isroil hukumati HAMAS harakati garovdagilarni ozod etish boʻyicha kelishuvga qiziqish bildirmayotganini taʼkidlagan. Shuning uchun Tel-Aviv muzokaralardan koʻra harbiy yoʻlni ustun deb hisoblamoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, Gʻazo anklavida hozirda kamida 20 nafar tirik isroillik garovda saqlanmoqda. Shu sababli, Netanyaxu mavjud operatsiya hajmini yanada kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Bundan avval HAMAS yetakchilaridan biri — Xalil al-Xayya anklavga nisbatan blokada tufayli Isroil bilan muzokaralar oʻtkazishning maʼnisizligini maʼlum qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring