Isroil garovga olinganlar ozod etilganidan keyin ham Gʻazodagi operatsiyani davom ettirishga vaʼda berdi
Foto: Reuters
Isroil mudofaa kuchlari garovga olinganlar ozod etilganidan keyin ham Gʻazo sektorida Falastinning HAMAS radikal guruhiga qarshi operatsiyalarni davom ettiradi. Bu haqda Isroil Favqulodda harbiy hukumati vaziri, mamlakat Mudofaa vazirligining sobiq rahbari Benni Gans aytib oʻtdi.
“Agar garovga olinganlarning qaytishi uchun tanaffus boʻlsa ham, biz qaytib, bor kuchimiz bilan dushmanga zarba beramiz. Hozirda operatsiya kengaymoqda, mustahkamlanmoqda va chuqurlashmoqda”, — dedi u.
Gans avvalroq Isroil Gʻazo va butun dunyoda HAMAS yetakchilarini taʼqib qilishini aytgan edi.
Oldinroq, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Isroil oʻn mingga yaqin Falastin fuqarosini asirda ushlab turganini aytgandi.
“Isroil oʻn mingga yaqin falastinlikni garovda ushlab turibdi. Germaniya bu odamlarni ozod qilish uchun choralar koʻrsin, keyin biz HAMAS qoʻlidagilarni ozod qilish uchun harakat qilamiz”, dedi Erdogʻan. Uning soʻzlariga koʻra, Germaniya bunday qadamga rozi boʻlmagan.
Gʻazo sektoridagi qarama-qarshilik shu yilning 7-oktabr kuni boshlandi. Shu kuni ertalab HAMAS Isroilga qarshi “Al-Aqsa toʻfoni” deb nomlangan harbiy operatsiya boshladi va havodan zarbalar berdi. Minglab jangarilar yahudiylar davlati hududiga bostirib kirib, oʻnlab harbiy texnika va yuzdan ortiq insonni garovga oldi.
Shundan soʻng Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat urush holatida ekanligini eʼlon qildi. Mamlakat mudofaa kuchlarining javob operatsiyasi “Temir qilichlar” deb ataldi va uning maqsadi HAMASni yoʻq qilish hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring