Islomiy moliya xizmatlari tushunchasiga aniqlik kiritildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida «Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalash faoliyati toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda moddama-modda koʻrib chiqildi.
Taʼkidlanganidek, mazkur qonun loyihasini ikkinchi oʻqishga tayyorlash jarayonida deputatlar va mutaxassislar bildirgan fikr va takliflar ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqilib, loyihaga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar, bir qator tahririy tuzatishlar kiritildi.
Xususan, islomiy moliya xizmatlari tushunchasiga aniqlik kiritildi. Bunda standartlar, shu jumladan, islomiy moliyalashtirishni amalga oshirish qoidalari va prinsiplari Islom moliya institutlari uchun Buxgalteriya hisobi va audit tashkiloti hamda Islomiy moliya xizmatlari kengashi tomonidan belgilanadi.
Markaziy bank islomiy moliyalash standartlarini belgilovchi xalqaro tashkilotlarning qoidalari asosida islomiy xizmatlar koʻrsatish tartibini ishlab chiqadi.
Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida qoʻyilgan masalalardan kelib chiqib, tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida nobank kredit tashkilotlari tomonidan filiallar tashkil etishga qoʻyiladigan talablar soddalashtirilmoqda.
Qonun loyihasidan nobank kredit tashkilotlari faoliyatiga qoʻyiladigan talablardan ularning uskunalar, tashkiliy-texnik vositalar, modem va sifatli aloqa liniyasi, dasturiy taʼminot bilan jihozlanishi, buxgalteriya hisobini yuritish, hisobotlarni tuzish va taqdim etishga qoʻyiladigan talablar chiqarib tashlanmoqda.
Asosiy oʻzgartirishlardan yana biri — mikromoliya tashkilotlari va lombardlar xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish bobiga yangi moddalar kiritilyapti. Ushbu bob mikromoliya tashkilotlari va lombardlar xizmatlari isteʼmolchilari huquqlarini himoya qilishga bagʻishlanganini hisobga olgan holda, loyihani isteʼmolchilar (mijozlar) huquqlarini belgilovchi modda bilan toʻldirildi.
Qizgʻin muhokamalardan soʻng qonun loyihasi uchinchi oʻqishda qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring