Ishqibozlik qimmatga tushdi
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. “Yuqori Toʻpalang” milliy tabiat bogʻining “Tamshush” boʻlimida oʻtkazilgan nazorat-reyd tadbirlari davomida fuqaro A.Q. tomonidan muhofaza etiladigan tabiiy hududda qonunbuzarlikka yoʻl qoʻyilgani aniqlandi.
Tekshiruv jarayonida ushbu shaxs milliy boqqa baliq ovlash maqsadida noqonuniy ravishda kirib, 3 dona “qora baliq”ni ovlagani maʼlum boʻldi. Uning mazkur harakati natijasida tabiatga 450 ming soʻm miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.

Yuzaga kelgan holat boʻyicha Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 82-moddasi 2-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, fuqaroga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari — 3 million 750 ming soʻm miqdorida jarima qoʻllanildi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda noqonuniy ov qilish qonun bilan taqiqlangan boʻlib, bunday holatlar uchun belgilangan tartibda javobgarlik belgilangan. Tabiiy resurslarni muhofaza qilish maqsadida nazorat tadbirlari muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring