Ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlar laboratoriya uskunalari bilan taʼminlanadi

21:21 18 Fevral 2026 Hujjatlar
1115 0

Hukumat qarori bilan “Ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlarni laboratoriya asbob-uskunalari, sarflov materiallari va butlovchi qismlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, mazkur nizomga koʻra, quyidagi masʼullar tomonidan xarid uchun ariza amalga oshiriladi:

  • ilmiy loyihada – loyiha rahbari;
  • ilmiy mavzuda – ilmiy boʻlinma rahbari yoki ilmiy-tadqiqot dasturida tegishli ilmiy mavzuga rahbarlik qilishi belgilangan shaxs;
  • dissertatsiya tadqiqotida – doktorantlarning ilmiy rahbari yoki oʻzaro kelishilgan holda ilmiy daraja va unvonga ega boʻlgan doktorantlar biri.

Shuningdek, arizada ilmiy faoliyat yoʻnalishlarini koʻrsatgan holda markazlashgan davlat xaridi yoki mustaqil ravishda xarid usullaridan birini amalga oshirish koʻrsatiladi. Ariza, maxsus axborot tizimida maʼlum bir ilmiy faoliyat yoʻnalishidagi tadqiqotni bajarishga masʼul tashkilot rahbari tomonidan kelishilgach, yuboriladi.

Agentlik qabul qilingan arizalar boʻyicha shakllantirilgan buyurtmalarni 10 ish kuni ichida belgilangan talablarga muvofiqligini koʻrib chiqadi. Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha maʼqullangan arizalar maxsus axborot tizimi orqali Xarid komissiyasiga yuboriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер