Ikki viloyatda psixotrop moddalar savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar qoʻlga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahri boʻlimi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida “Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar oʻtkazildi.
Mazkur tezkor tadbirlar davomida muqaddam sudlangan fuqarolar Sh.U., D.K. va S.M. tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalari mavjud boʻlgan 1 dona “Tropikamid” va 5 dona “Regapen” nomli dori vositalarini sotgan vaqtida ushlanib, ulardan 11 dona “Tropikamid”, 45 dona “Regapen” nomli dori vositalari, shuningdek fuqaro D.K.ning yonidan 1,85 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi topilib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Shu kabi yana bir holat, departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.
Unga koʻra, fuqaro G.I. fuqaro M.A.ga 32 dona “Torgobalin 150 mg.” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ushlanib, undan 40 dona “Geye baralgin” dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi hamda 276-moddasi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergovga tegishliligi boʻyicha yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring