Ichki ishlar vaziri MMA assotsiatsiyasi raisi bo‘ldi
Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpoʻlatov Oʻzbekiston MMA assotsiatsiyasi raisligiga saylandi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur assotsiatsiyaga 2020-yil 14-avgustdan buyon Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov rahbarlik qilib kelayotgan edi.
Endilikda MMA assotsiatsiyasini 2025-yil 9-aprel kuni Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisi etib saylangan, Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpoʻlatov boshqaradi.
Maʼlumot uchun, Aralash jangovar sanʼatlar assotsiatsiyasi 2019-yilda tashkil etilgan. Ushbu assotsiatsiya tashkil etilganini tasdiqlovchi hujjat shu yilning 23-oktyabrida taqdim etildi. 8-noyabr kuni esa Otabek Umarov assotsiatsiya prezidenti sifatida sportchilarning mashgʻulotlarida qatnashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring