Hokim yordamchilari tajriba almashdi
Foto: “Xalq so‘zi”
Ayni vaqtda yurtimizning barcha mahallalarida aholining tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishi uchun moliyaviy koʻmaklashish, ularning bandligini taʼminlash, yangi ish oʻrinlarini yaratish, mavjudlarini rivojlantirish, shu orqali joylarda kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchisi instituti amaliyotga joriy etilmoqda.
Jizzax davlat pedagogika institutida viloyatning 299 ta mahallasida ish boshlagan hokim yordamchilari faoliyatini samarali shakllantirish, aholi bilan ishlash va muammolarni bartaraf etish masalalari boʻyicha oʻquv seminarlari oʻtkazildi.
– Seminarda ishlarni tashkil etish barobarida aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishni yanada yaqinlashtirish masalasiga ham eʼtibor qaratildi,– deydi Davlat xizmatlari agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi boshligʻi Alisher Nekov. – Maqsadimiz masʼul xodimlarni aholi bilan muloqotga tayyorlash hamda odamlarni qiynayotgan muammolarni oʻrganib, mahallalardagi real vaziyatlarga baho bergan holda iqtisodiy-rivojlanish dasturlarini tuzish koʻnikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring