Hindiston va Pokiston oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuvga erishdi
Illyustrativ foto
Hindiston va Pokiston oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuvga erishdi. Bu haqda AQSH prezidenti Donald Tramp oʻzining “Truth Social” ijtimoiy tarmogʻida xabar qildi.
Toʻrt kecha oʻt davom etgan harbiy obyektlarga qarshi oʻzaro havo hujumlaridan soʻng erishilgan kelishuv Oq uy vositachiligida amalga oshdi va Tramp bu natijani keskin boʻlib oʻtgan muzokaralar samarasi deb atadi.
Pokiston tashqi ishlar vaziri Ishoq Dar Trampning bayonotini tez orada tasdiqlab, mamlakat mintaqada tinchlik va barqarorlik tarafdori ekanini hamda hududiy yaxlitlikdan hech qachon voz kechmasligini taʼkidladi.
Hindiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Vikram Misri esa kelishuvga koʻra, 10-may, soat 17:00 dan boshlab havoda va dengizda barcha harbiy harakatlar toʻxtatilishini maʼlum qildi.
Eslatib oʻtamiz, 22-aprel kuni Hindistonning Jammu va Kashmir hududidagi Pahalgam shahri yaqinida sodir etilgan terrorchilar hujumidan soʻng ikki davlat oʻrtasidagi ziddiyat kuchaygandi. Terakt oqibatida 25 hindistonlik va bir nafar Nepal fuqarosi halok boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring