Hazorada suv oʻttiz foizgacha tejaladi

15:48 15 Yanvar 2026 Jamiyat
220 0

Karmana tumanining Hazora hududida ekin suvi uzoq yillik muammo boʻlib, asosan Zarafshon daryosidan koʻtarma nasoslar orqali taʼminlanadi. Malikchoʻl emasmi, qumloq tuproqda kanal va ariqlarning betonlashtirilmaganligi koʻp suv yoʻqotishlarga olib keladi. Bu esa oʻz-oʻzidan dehqonchilikni vegetatsiya davrida suv taqchilligini yuzaga keltirib, tabiiyki, hosildorlikka ham oʻz taʼsirini koʻrsatardi.

  • Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida hududda umumiy uzunligi 11,2 kilometrni tashkil etuvchi kanalni betonlashtirish hamda uning suv oʻtkazuvchanligini oshirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda, — deydi tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Sherzod Zayniyev. — Loyihaning umumiy qiymati 10 milliard soʻmni tashkil etib, rekonstruksiya ishlari yakunlangach, suv yoʻqotishlari oʻttiz foizgacha kamayishi hamda sugʻorish tizimi samaradorligining oshishi kutilmoqda.

Mazkur loyiha Hazora hududidagi dehqonchilik faoliyatini rivojlantirish, xususan qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish aholi tomorqalarini barqaror suv bilan taʼminlash imkoniyatini ham taqdim etadi.

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?