HAMASning Isroilga hujumida Jo Bayden aybdor — Donald Tramp

21:52 18 Oktyabr 2023 Dunyo
599 0

Illyustrativ foto

Donald Trampning aytishicha, HAMASning Isroilga hujumida AQSHning amaldagi rahbari Jo Bayden aybdor.

AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning “Newsweek” jurnalida chop etilgan maqolasida Oq uyni amaldagi rahbari Jo Baydenni zaiflik va layoqatsizlikda aybladi. Uning fikricha, bu HAMAS va Eronning kuchayishiga sabab boʻlgan.

“Jo Bayden har qadamda Amerikaning butun dunyo boʻylab dushmanlariga, xususan, HAMAS terrorchilik guruhi va ularning qotil homiysi, Eronning yovuz rejimiga kuch va quvvat berdi”, deb yozgan Tramp oʻz maqolasida.

Trampning nuqtai nazariga koʻra, u hokimiyat jilovini Baydenga topshirganida, Eron zaiflashgan holatda edi. Oq uyning yangi rahbarining zaifligi Tehronning qayta kuchga ega boʻlishiga va Xitoy bilan hamkorlikni mustahkamlashiga olib keldi.

“Mening rahbarligimda bizning yondashuvimiz aksincha edi. Dunyo xavfsiz, tinch va osoyishta edi. Chunki Amerika Qoʻshma Shtatlari hurmatli va kuchli edi”, — deya xulosa qilgan AQSHning sobiq prezidenti maqolasida.

Oldinroq, Jo Bayden AQSHning Isroilni qoʻllab-quvvatlayotganini dunyo koʻrishi uchun Isroilga kelganini, shuningdek, yahudiylar davlatiga zarur boʻlgan barcha yordamni taʼminlashini taʼkidlagandi.

“Men oddiy sabab bilan keldim: Isroil xalqi, butun dunyo Amerika Qoʻshma Shtatlar Isroilni qoʻllab-quvvatlayotganini koʻrishi uchun”, degan u jurnalistlarga oʻz tashrifiga izoh berib.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?