Gvatemalada ketma-ket zilzilalar sodir boʻldi. Qurbonlar bor
Illyustrativ foto
Gvatemalada seshanba kuni sodir boʻlgan ketma-ket zilzilalar oqibatida kamida ikki kishi halok boʻlgan. Bu haqda mahalliy “Prensa Libre” nashri xabar bermoqda.
“Ikki kishi Eskuintla departamentining Palin shahridan Santa-Mariya-de-Jesus yoʻnalishidagi shossening 47-kilometrida halok boʻldi. Ular ketayotgan mashina ustiga katta tosh qulab tushgan”, — deyiladi xabarda. Qayd etilishicha, halok boʻlganlar bir oila vakillari boʻlib, ular 53 yoshli Teodoro Chil va 20 yoshli Frederik Childir.
Gvatemala seysmologiya xizmati maʼlumotlariga koʻra, 5,2 magnitudali birinchi yer silkinishi mahalliy vaqt bilan soat 15.11da Palin shahri yaqinida 5 kilometr chuqurlikda qayd etilgan. Shundan soʻng mamlakatning turli hududlarida 30 dan ortiq zilzila sodir boʻlgan. Ularning taʼsiri poytaxt mintaqalari — Eskuintla va Sakatepekesda ham sezildi.
Tabiiy ofatlarni boshqarish boʻyicha Milliy muvofiqlashtirish boshqarmasi mamlakatda “toʻq sariq” ogohlantirish darajasini eʼlon qildi. Uylarga zarar yetgani, koʻchkilar sodir boʻlgani va yoʻl harakati toʻxtab qolgani haqida xabarlar berildi. Tabiiy ofatlar yuz bergan hududlarda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring