Gvardiola “Liverpul”ga qarshi oʻyindan soʻng Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi

11:24 24 Fevral 2025 Sport
487 0

Foto: Gettyimages.com

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premyer Ligasining 26-turida “Liverpul”ga qarshi oʻyindan soʻng yangi futbolchilarning oʻyini va jarohat olgan hujumchi Erling Holandning yoʻqligi haqida oʻz fikrlarini bildirdi. “Liverpul”ga qarshi bahsda “Manchester Siti” 0:2 hisobida magʻlub boʻldi.

Ispaniyalik mutaxassis oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning oʻyinini yuqori baholadi. “Husanov qanday oʻynadi? U Madridda ham juda yaxshi oʻynadi, u oʻng qanot himoyachisi sifatida Vinini nazorat qildi. Bugun ham xuddi shunday tezkor va intizomli oʻyin koʻrsatdi. Albatta, u hali oʻsishi kerak, lekin juda katta salohiyatga ega”, — deya taʼkidladi murabbiy.

Shuningdek, u Niko Gonsales va Marmushning ham harakatlari haqida toʻxtalib oʻtdi. “Niko va Marmush ham yaxshi oʻynashdi, lekin jismonan kuchli jamoaga qarshi oʻynash ularga oson boʻlmadi”, — deya qoʻshimcha qildi u.

Maʼlumot uchun, oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov, yarim himoyachi Niko Gonsales va hujumchi Marmush qishki transfer oynasida “Manchester Siti” tarkibiga qoʻshildi. “Manchester Siti”ning norvegiyalik hujumchisi Erling Holand esa jarohati sabab “Liverpul”ga qarshi oʻyinda ishtirok eta olmadi.

Gvardiola Erling Holandning jarohati haqida gapirar ekan, uning qachon safga qaytishi aniq emasligini aytdi. “Holand chorshanba kuni qaytadimi? Bilmayman. Biz natijaga erisha olmaganimizni faqat uning yoʻqligi bilan bogʻlash notoʻgʻri boʻlardi. Bu boshqa futbolchilarga nisbatan adolatsizlik boʻladi. Biz koʻproq gol ura olardik... Umuman olganda, hammasi yaxshi”, — dedi Gvardiola.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер