Guliston shahri hokimi oʻzgardi
Foto: Sirdaryo viloyat hokimligi
Oʻktamjonov Farrux Oʻktamjonovich nomzodi Guliston shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 25-noyabr kuni Guliston shahrida Xalq deputatlari shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazilgan. Unda tashkiliy masala koʻrilgan:
Shu kunga qadar shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Xojimanov Jamoliddin Husniddinovich egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Shundan soʻng, deputatlar tomonidan bunga qadar Sirdaryo viloyati IIB boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan Oʻktamjonov Farrux Oʻktamjonovich nomzodi Guliston shahar hokimi lavozimiga tasdiqlangan.
Sessiya ishida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov nutq soʻzlab, shaharda qator sohalarda qoloqlikka yoʻl qoʻyilayotganligi, xususan, kambagʻallikni qisqartirish, aholi bandligini taʼminlash, yangi investitsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, eksport borasida shahar birinchi rahbarining harakatlari yetarli emasligini qayd etgan.
Shuningdek, deputatlar ham shaharni yanada rivojlantirish borasida ishga solinmagan imkoniyatlar haqida oʻz fikrlarini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring