Gonkongdagi yongʻinda halok boʻlganlar soni 150 kishidan oshdi
Gonkong politsiyasi shahardagi soʻnggi oʻn yillikdagi eng talafotli yongʻin yuzasidan olib borilayotgan tergov doirasida 13 kishini hibsga oldi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, Van Fuk Kort turar-joy majmuasida yuz bergan fojia oqibatida halok boʻlganlar soni kamida 151 nafarga yetgan. Qutqaruvchilar yongʻindan shikastlangan yetti binoda qidiruv ishlarini davom ettirib, zinalar va tomlarda qolib ketgan fuqarolarning jasadlarini topmoqda.
Politsiya maʼlumotlarida keltirilishicha, baʼzi jasadlar kulga aylanib ketgani bois yoʻqolganlarning hammasini topish imkonsiz boʻlishi mumkin. Hozirda 40 dan ortiq kishi hali ham bedarak yoʻqolgan hisoblanadi.
Tekshiruvlar binodagi taʼmir ishlarida qoʻllangan “yashil toʻr” nomli material yongʻinga chidamlilik standartlarga javob bermaganini koʻrsatdi. Rasmiylarga koʻra, pudratchilar ushbu sifatsiz materialni inspektorlar koʻra olmaydigan joylarga oʻrnatgan. Bundan tashqari, ishlatilgan koʻpikli issiqlik izolyatsiyasi ham yongʻin tarqalishini tezlashtirgan, majmuadagi yongʻin signalizatsiyasi esa toʻliq ishlamagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring