Global ochlik indeksida Oʻzbekiston 21-oʻrinni egalladi

17:23 07 Dekabr 2023 Iqtisodiyot
530 0

Foto: Illustrativ foto

Global Hunger Index 2022-yil uchun xalqaro miqyosdagi ochlik indeksida Oʻzbekiston eng yaxshi deb topilgan mamlakatlar orasida 5,6 ball bilan 21-oʻrinni egalladi.

Ushbu koʻrsatkich mamlakat oziq-ovqat yetishmovchiligiga duchor boʻlmasligini anglatadi.

Global ochlik indeksining yetakchi pogʻonalarida Belarus, Bosniya va Gersegovina, Chili davlatlari joylashgan. Eng kichik koʻrsatkichlar Madagaskar, Markaziy Afrika Respublikasi va Yaman mamlakatlarida kuzatilmoqda.

MDHning qolgan davlatlari quyidagi oʻrinlarni egalladi: Qozogʻiston — 24; Rossiya — 28; Armaniston — 32; Ozarboyjon — 36; Ukraina — 36; Qirgʻiziston — 40; Tojikiston — 67.

Joriy yilda Global ochlik indeksda 121 ta mamlakat ishtirok etdi. Bu indeks har bir mamlakat uchun toʻrtta koʻrsatkichni jamlash orqali aniqlanadi: toʻyib ovqatlanmaydigan aholi ulushi; besh yoshgacha boʻlgan vazni meʼyordan past bolalar ulushi; besh yoshgacha boʻlgan boʻyi meʼyordan past bolalar ulushi; besh yoshgacha boʻlgan bolalarning oʻlim darajasi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер