Giyohvandlik — asr vabosi
Bugungi globallashuv davrida giyohvandlikning keng tarqalishi, narkotik moddalar bilan bogʻliq jinoyatlarning ortishi nafaqat alohida inson taqdiriga, balki jamiyatning maʼnaviy va iqtisodiy barqarorligiga ham jiddiy xavf solmoqda. Ayniqsa, yoshlarning bu illat girdobiga tortilayotgani biz — taʼlim, sogʻliqni saqlash va tarbiya sohasida faoliyat yuritayotgan mutasaddilar zimmasiga yanada katta masʼuliyat yuklaydi.
Mamlakatimiz hukumati tomonidan yoshlar salomatligini muhofaza qilish, ular ongida giyohvandlikka qarshi kuchli immunitetni shakllantirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga qaratilgan izchil chora-tadbirlar amaliyotga tatbiq etilmoqda. Bu ishlarning asosiy maqsadi — yoshlarni zararli muhit va odatlardan asrash, ularni toʻgʻri qaror qabul qilishga undash, sogʻlom psixologik muhitni mustahkamlash hamda yuksak maʼnaviy muhitni shakllantirishdir.
Giyohvandlikka qarshi qatʼiy pozitsiya egallash, sogʻlom turmush tarzini tanlash va boʻsh vaqtini maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy, sport hamda ijodiy faoliyat bilan mazmunli oʻtkazish — bugun har bir fuqaroning shaxsiy masʼuliyatiga aylanmogʻi lozim.
Yosh avlodimizga qonunlarga hurmat bilan yondashish, shubhali taklif va manzillardan ehtiyot boʻlish, oʻzining va yaqin doʻstlarining xavfsizligini taʼminlashdek hayotiy koʻnikmalarni singdirish juda muhim. Chunki sogʻlom hayot — barcha muvaffaqiyat va mustahkam kelajakning asosiy poydevoridir.
Shu oʻrinda oilaning roli beqiyos. Farzandning eng birinchi va eng ishonchli tayanchi — bu oila. Oiladagi mehr-oqibat, ishonch, nazorat va samimiy muloqot giyohvandlikning oldini olishda eng kuchli tarbiyaviy omillardan biridir. Farzandning kundalik qiziqishlari, doʻstlari, oʻqishdagi muvaffaqiyati yoki kayfiyatidagi oʻzgarishlarga befarq boʻlmaslik — ota-onaning eʼtibori va gʻamxoʻrligining yorqin koʻrinishidir.
Farzandingizni qoʻllab-quvvatlang, unga ishonch bildiring va sogʻlom hayotni tanlashda ruhiy madad bering. Bu — uning kelajagini asrashdagi eng katta hissangizdir.
Nargiza ABDULLAYEVA,
Samarqand davlat tibbiyot universiteti
koʻp tarmoqli klinika bosh vrachi,
tibbiyot fanlari doktori, professor,
Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring