Germaniya 16-dekabrdan yana qatʼiy karantin qaytadi. U qariyb bir oy davom etadi
Germaniya hukumati koronavirusning tarqalish tezligini pasaytirish maqsadida mamlakatda 16-dekabrdan 10-yanvargacha qatʼiy karantin joriy qilmoqda.
Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel Berlinda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida federal yerlar bosh vazirlari bilan uchrashuvdan soʻng aytib oʻtdi.
“Bizning 2-noyabrdan beri koʻrgan choralarimiz yetarli emas”, degan u.
Germaniyada 2-noyabrdan boshlab qisman karantin joriy etilgan edi. Unga koʻra, bolalar bogʻchalari va maktablar, savdo markazlari va nooziq-ovqat doʻkonlari ochilgan edi.
“Shoshilinch chora-tadbirlar zarur va bu bugun qabul qilingan qarorlar uchun asosdir”, deya qoʻshimcha qiladi kansler.
Uning soʻzlariga koʻra, maqsad — 100 ming aholiga 50 ta yuqtirish koʻrsatkichiga erishishdir.
Yangi karantin qoidalariga koʻra, 16-dekabrdan 10-yanvargacha oziq-ovqat, maishiy mahsulotlar va hayotiy muhim mollarni sotadigan doʻkonlardan tashqari barcha savdo doʻkonlarini yopiladi. Pandemiyaning birinchi toʻlqinida boʻlgani kabi sartaroshxonalar, goʻzallik salonlari va shu kabi muassasalar faoliyati toʻxtatiladi. Banklar, dorixonalar, pochta aloqasi shoxobchalari, avtoulovlarni taʼmirlash ustaxonalari, yoqilgʻi quyish shoxobchalari, dorixonalar, gazeta doʻkonlari, zoomagazinlar ishlashda davom etadi.
Xususiy uylarda eng koʻpi bilan ikki xonadonning vakillari (besh kishidan koʻp boʻlmagan) uchrashishiga ruxsat beriladi. Ushbu qoida 14 yoshgacha boʻlgan bolalarga taalluqli emas. 24-dekabrdan 26-dekabrgacha boʻlgan davrda eng koʻp 10 nafar kishi bir joyda uchrashishi mumkin, shunda ham ular faqat qarindoshlar boʻlsa.
Taqiqlar Yangi yil bayrami tadbirlariga ham taalluqli. 16-dekabrdan 10-yanvargacha jamoat joylarida spirtli ichimliklar ichish mumkin emas. Ushbu qoidabuzarlik uchun jarima joriy etiladi.
Maktablar va bolalar bogʻchalari yopiladi. Onlayn taʼlimni sezilarli darajada kengaytirish va bitiruv mashgʻulotlari uchun maxsus qoidalarni ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Shuningdek, rasmiylar ish beruvchilardan xodimlarni masofadan ishlatishga undashmoqda. Barlar, restoranlar va boshqa ovqatlanish joylari yopiladi. Ular faqat buyurtma uchun ishlaydi.
Gigiyena va ijtimoiy masofa qoidalariga rioya qilgan holda diniy tadbirlarni oʻtkazish taʼqiqlanmaydi. Ushbu masala diniy jamoalar vakillari bilan alohida muhokama qilinishi kutilmoqda.
Hokimiyat Germaniya Federativ Respublikasi fuqarolarini mamlakat ichida va xorijga juda zarur ehtiyojsiz sayohat qilmaslikni soʻramoqda.
Germaniya hukumati karantin tufayli zarar koʻradigan firmalar va xususiy tadbirkorlarga yordam berishni vaʼda qilmoqda. Ushbu maqsadlar uchun ajratilgan umumiy mablagʻ oyiga 11 milliard yevroni tashkil qiladi.
Soʻnggi 24 soat ichida Germaniyada 20 200 kishida infeksiya tasdiqlangan va u bilan zararlangan 321 kishi hayotdan koʻz yumgan.
Pandemiya davomida mamlakatda 1 320 716 nafar odamda infeksiya aniqlangan, shundan 21 787 nafari infeksiya asoratlaridan vafot etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring