Fuqarolarning ishonchiga kirib, ularni oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan “uddaburonlar” qoʻlga tushdi

19:55 15 Oktyabr 2025 Jamiyat
308 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent shahridagi xususiy universitet xodimi Z.O. fuqaro T.M.ning ishonchiga kirib, tanishlari orqali unga qoʻshni Qozogʻiston yoki Tojikiston davlatidagi oliy oʻquv yurtining 2 kursini oʻqib tugatganligi toʻgʻrisida soxta hujjat tayyorlab, oʻzi ishlayotgan xususiy universitetning 3 kursidan oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 1 ming 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Shu kabi yana bir holat, departamentning Taxtakoʻpir tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.

Unga koʻra, fuqaro I.J. fuqaro M.O.ning ishonchiga kirib, goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Nukus shahridagi Tibbiyot kollejiga oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga ming AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?