Fransiyada Makronga qarshi siyosiy bosim kuchaymoqda
Fransiyada muxolifat mamlakat prezidenti Emmanuel Makronni isteʼfoga chiqishga chaqirdi. Bu chaqiriq mamlakatda yana bir bosh vazirning isteʼfosi ortidan yangradi.
6-oktyabr kuni Fransiya bosh vaziri Sebastyen Lekornyu oʻz lavozimini tark etish haqida ariza yozib, prezident Makronga taqdim etdi. U bu lavozimda bir oydan kamroq vaqt ishladi. Davlat rahbari Lekornyuning isteʼfosini qabul qildi.
Lekornyuning ketishi ortidan muxolifat yetakchilari hukumat rahbariyatini keskin tanqid qildi. Muxolifat partiyasi yetakchisi Jan-Lyuk Melanshon shunday dedi:
“Sebastyen Lekornyu isteʼfosidan keyin biz 104 deputatning Makronni lavozimdan ozod etish haqidagi taklifini darhol koʻrib chiqishga chaqiryapmiz”.
Shu partiya parlament fraksiyasi rahbari Matilda Pano esa Fransiyada bir yil ichida uchinchi bor bosh vazir almashganini eslatdi:
“Hisoblash boshlandi. Makron ketishi kerak”, — dedi u.
Lekornyu isteʼfosi muxolifatning hukumatning yangilangan tarkibi haqidagi tanqidlari va siyosiy bosimlari fonida roʻy berdi. Prezident Makron hozircha isteʼfo talablariga javob bermadi, ammo muxolifat uning taqdiri parlamentda muhokama etilishi lozimligini taʼkidlamoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring