Fransiyada Luvr muzeyini talon-toroj qilganlikda gumonlanuvchilar qoʻlga olindi
“Le Parisien” xabariga koʻra, Fransiyada Luvr muzeyidagi yirik oʻgʻrilikka aloqador ikki kishi hibsga olingan.
Ulardan biri Ruassi–Sharl-de-Goll aeroportida, Jazoirga uchish arafasida qoʻlga olingan. Ikkinchisi esa Parij sud politsiyasi tomonidan Sen-Sen-Deni tumanida hibsga olingan. Operatsiya Fransiya Ichki ishlar vazirligining banditizmga qarshi kurash boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan.
Erkaklar “tashkillashtirilgan oʻgʻrilik” va “jinoyat sodir etish maqsadida til biriktirish” moddalari boʻyicha hibsga olingan. Ular ilgari ham oʻgʻrilik qilgani uchun politsiyaga tanish boʻlib, tergov doirasida 96 soatgacha qamoqda saqlanishi mumkin. Tergovchilar gumonlanuvchilarning jami toʻrt kishi boʻlganini taxmin qilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Luvr muzeyidagi oʻgʻrilik 19-oktyabr kuni sodir boʻlgan. Jinoyatchilar Apollon galereyasiga kirib, atigi bir necha daqiqa ichida toʻqqizta tarixiy qimmatbaho zargarlik buyumini oʻgʻirlab chiqib ketishgan.
Dastlabki baholashlarga koʻra, oʻgʻirlangan buyumlarning umumiy qiymati 88 million yevroni tashkil etadi.
Yoʻqolgan buyumlar orasida Mariya Luizaning (Napoleonning ikkinchi rafiqasi) marjon va sirgʻalari, qirolicha Mariya Amaliya hamda gollandiyalik qirolicha Gortenziya de Buarne kolleksiyalariga mansub uchta zargarlik buyumi, shuningdek, Yevgeniya kolleksiyasidan toʻrtta tarixiy ashyolar bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring