Firibgar hamshiralar

15:40 11 Avgust 2025 Jamiyat
107 0

Xatirchi tumani sogʻliqni saqlash boʻlimi koʻp tarmoqli maslahat-diagnostika markazi hamshirasi A.A. fuqaro B.D,ning ishonchiga kirib, unga poliklinikadagi mansabdor tanishlari orqali nogironlik nafaqasiga chiqartirib berishini bildirgan.

Buning evaziga 200 AQSH dollari va 2 mln. soʻmni pora tariqasida oʻzining xizmat xonasida olayotgan vaqtida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qoʻlga olinib, unga nisbatan JKning 25,168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Bundan tashqari, 26-iyul kuni aynan mazkur diagnostika markazining boshqa bir hamshirasi S.S. fuqaro N.A.ni xuddi shu taxlit nogironlik nafaqasiga chiqartirib berish evaziga undan 2 mln. soʻm pulni pora tariqasida olayotgan vaqtida qoʻlga olinib, yuqoridagi moddalar bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Temur ESHBOYEV,

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?