Fevralning ilk haftasida qanday ob-havo kuzatiladi?

19:23 31 Yanvar 2026 Jamiyat
342 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 1-4-fevral kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 1 va 4-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. 2-3-fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 1-fevralda 4-9° iliq, 2-3-fevralda 6-11° iliq, 4-fevralda 3-8° iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 1-2-fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. 3-4-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-4-fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-fevralda 2-7° iliq, 2-4-fevralda 5-10° iliq, kunduzi 1-2-fevralda 11-16° iliq, 3-4-fevralda 13-18° iliq; Navoiy viloyati shimolida kechasi kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 1-fevralda 4-9° iliq, 2-3-fevralda 6-11° iliq, 4-fevralda 3-8° iliq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 1-2-fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. 3-4-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-4-fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 1-fevralda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 2-4-fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 1-2-fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. 3-4-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-4-fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 1-fevralda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 2-fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 3-4-fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, vaqti-vaqti bilan biroz qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?