Farg'onada firibgarlik yo'li bilan pora olgan prokuror qo'lga olindi
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar berishicha, 18-yanvar kuni Fargʻona viloyati prokuraturasi va DXX viloyat boshqarmasi tezkor xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Fargʻona viloyati prokuraturasi boʻlim katta prokurori A.T. mansab vakolati doirasiga kirmasada, fuqaro A.X.dan unga tegishli boʻlgan goʻsht doʻkoni orqa tomonida joylashgan 1,5 sotix yer maydonini, goʻyoki kadastr xodimlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirish evaziga 1000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ushlangan.
Shu kuni mazkur holat yuzasidan Fargʻona viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi 1-qismi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring