Fargʻona aeroportida samolyotning gʻildiragi chiqib ketdi
Kecha, 12-mart kuni Fargʻona xalqaro aeroportida Novosibirskdan S7-5561 reysi bilan uchgan “S7 Airlines” (Rossiya) aviakompaniyasining “Boeing 737-800” samolyoti uchish-qoʻnish yoʻlagida qolib ketdi. Bu haqda “Авиаторщина” xabar berdi.
Qayd etilishicha, samolyot qoʻngandan soʻng, uchish-qoʻnish yoʻlagida harakatlanish vaqtida oʻng asosiy shassidagi tashqi gʻildirak chiqib ketgan. Ekipaj komandiri samolyotni toʻxtatib, muhandis-texnik xodimlarni chaqirgan. Havo kemasini koʻzdan kechirish chogʻida gʻildirakni ushlab turuvchi murvatlardan bir qanchasi yetishmayotgani aniqlangan.
Shundan soʻng, yoʻlovchilar uchish-qoʻnish yoʻlagiga tushirilib, yuklari bilan birga aeroport terminaliga yetkazilgan. “Boeing 737” samolyoti parvozdan chetlatilgan va bir necha soatdan keyin perronga olib borilgan.
Taʼkidlanishicha, Fargʻona aeroporti yagona uchish-qoʻnish yoʻlagi toʻsilib qolgani sababli vaqtincha yopilgan. Shu sababli Vnukovodan Fargʻonaga parvoz qilgan “Utair” aviakompaniyasining “Boeing 737” samolyoti Toshkent aeroportiga qoʻnishga majbur boʻlgan.
Aviakompaniya matbuot xizmatiga koʻra, Novosibirskdan Oʻzbekistonga qaytish reysini amalga oshirish uchun zaxira samolyoti yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring