FAO qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish boʻyicha Milliy harakat dasturini taqdim etdi
Foto: “Xalq soʻzi”
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish boʻyicha Milliy harakat dasturi taqdimotini oʻtkazdi. Ushbu dastur amalga oshirilgan bir yillik texnik hamkorlik loyihasi doirasida ishlab chiqilgan. Milliy dasturning ishga tushirilishiga bagʻishlangan tadbirda milliy va xalqaro ekspertlar yigʻilib, hujjatning mazmuni, uning maqsad va ustuvor yoʻnalishlari yuzasidan fikr almashdilar.
“Dastur mamlakatning qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat tizimini zamonaviy, raqobatbardosh va barqaror sektorga aylantirish uchun strategik qoʻllanma boʻlib xizmat qiladi”, — dedi FAOning Yevropa va Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasining raqamli qishloq xoʻjaligi guruhi rahbari Daniela DiJianantonio.
Tadbir turli manfaatdor tomonlar tomonidan qoʻllab-quvvatlandi va bu Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligini raqamli oʻzgartirishga koʻmaklashish boʻyicha birgalikdagi saʼy-harakatlarga yordam berdi. Shuningdek, erishilgan yutuqlar va istiqbolda agro-oziq-ovqat sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish yoʻlidagi toʻsiqlarni muhokama qilindi, shu bilan birgalikda, FAOning Digital Villages (Raqamli Qishloqlar) tashabbusi doirasida erishilgan soʻnggi natijalarni tahlili uchun yaxshi imkoniyat boʻldi. Bu Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligini raqamli transformatsiya qilishning umumiy qarashlarini qoʻllab-quvvatlash va turli manfaatdor tomonlar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga yordam beradi.
Milliy harakat dasturi qishloq xoʻjaligiga innovatsiyalarni yanada kengroq joriy etish va qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining taklifiga binoan FAOning “Qishloq xoʻjaligini raqamli transformatsiyasi uchun asoslarni tayyorlash” nomli texnik hamkorlik loyihasi doirasida ishlab chiqilgan. Uning doirasida FAO Oʻzbekistonda raqamli qishloq xoʻjaligi holatini baholadi va hamkorlar bilan birgalikda Milliy strategiyani ishlab chiqdi.
Bularning barchasi FAOning Oʻzbekistonda raqamli qishloqlar, geofazoviy laboratoriyalar, aqlli sensorlar, oziq-ovqat narxlari monitoringi vositasi, yer degradatsiyasining neytralligiga erishish boʻyicha qaror qabul qilishni qoʻllab-quvvatlash tizimi, raqamli oʻrmon inventarizatsiyasi va boshqalar kabi raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻyicha olib borayotgan ishlarining bir qismidir. Ushbu saʼy-harakatlardan koʻzlangan asosiy maqsad qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat tizimlarini oʻzgartirishni ragʻbatlantirish, mamlakatning iqlimga chidamli rivojlanishiga hissa qoʻshishdan iborat.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring