FAO Orolboʻyi ayollari va yoshlari uchun yangi daromad manbalarini ochmoqda
Foto: “Xalq soʻzi”
Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) Qoraqalpogʻiston Respublikasining Kegeyli va Qoraoʻzak tumanlarida qishloq joylarda muqobil daromad manbai sifatida xotin-qizlar va yoshlarga tikuvchilik, kashtachilik va xalq hunarmandchiligini oʻrgatish boʻyicha ikki kunlik treninglar tashkil etdi.
Treninglarda jami 90 nafarga yaqin ayollar ishtirok etdi va ulardan 30 nafariga FAO tomonidan sovgʻa sifatida tikuv mashinalari berildi. Bu daromadni oshirish uchun muhim vosita boʻlib, ular yordamida olingan bilim va koʻnikmalardan foydalangan holda yangi sanʼat namunalarini, shu jumladan, mashhur Qoraqalpoq milliy kashtasi bilan kiyim-kechaklar tikish mumkin.
Treninglar FAO tomonidan BMTning Taraqqiyot dasturi va BMTning Bolalar jamgʻarmasi (YUNISEF) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Orolboʻyi hududini yashil va innovatsion rivojlantirish orqali yoshlarning yorqin kelajak sari huquq va imkoniyatlarini oshirish” qoʻshma loyihasi doirasida tashkil etildi. Loyiha BMTning Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik asosidagi trast fondi tomonidan moliyalashtiriladi. Birgalikda harakat qilishdan maqsad innovatsiyalar va yashil rivojlanish asosida mahalliy hamjamiyatlar bandligi uchun yanada yaxshi imkoniyatlarni yaratish va ularning Orol dengizi inqirozi oqibatlariga moslashish salohiyatini oshirishdan iborat.
— Bizning fikrimizcha, aholining zaif qatlamlarini, ayniqsa, ayollarni qoʻllab–quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini yaxshilash juda muhimdir, — deydi FAOning Markaziy Osiyo boʻyicha submintaqaviy vakolatxonasi tabiiy resurslar boʻyicha mutaxassisi va loyihaning texnik koordinatori Ivetta Zenina — Zero, Orolboʻyi mintaqasining iqlim oʻzgarishi va tabiiy resurslar degradatsiyasining salbiy taʼsiriga koʻproq moyilligi barchaga maʼlum. Bugungi kunga qadar biz ayollarning muqobil daromad manbalari boʻyicha salohiyatini oshirish boʻyicha treninglar oʻtkazdik va kelajakda suv tejaydigan texnologiyalar, barqaror qishloq xoʻjaligi, elektron tijorat va yashil moliyalashtirish boʻyicha bir qator treninglar oʻtkazishni rejalashtirmoqdamiz.
Mashgʻulotlar davomida qoraqalpoq xalqining boy madaniyati, qadimiy tarixi va chuqur maʼnosini saqlaydigan anʼanaviy kashtachilik va milliy kiyimlarining oʻziga xos xususiyatlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Ona tili va adabiyot fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar roʻyxati eʼlon qilindi
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring