Yevropa Kengashi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga qutlovlar kelishda davom etmoqda:
Muhtaram Prezident!
Tavallud kuningiz munosabati bilan Sizga oʻzimning eng samimiy tabriklarim va ezgu tilaklarimni izhor etishga ijozat bergaysiz.
Shuningdek, tugʻilgan kunim munosabati bilan yoʻllagan maktubingizdagi ezgu tilaklaringiz uchun chuqur minnatdorligimni bildirmoqchiman.
Fursatdan foydalanib, Samarqandda boʻlib oʻtgan “Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo“ birinchi sammitining muvaffaqiyatini taʼminlashdagi hal qiluvchi rolingiz uchun Sizga oʻz minnatdorligimni bildirishga ijozat bergaysiz. Ushbu muhim sammit Xalqaro iqlim forumi bilan birgalikda Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi strategik sheriklikda, Oʻzbekiston Respublikasi bilan ikki tomonlama munosabatlarimizda yangi va muhim sahifa ochdi. Sizning rahbarligingizda bizga koʻrsatilgan olijanob va eʼtiborli mehmondoʻstlik barcha ishtirokchilar tomonidan yuksak baholandi hamda chinakam unutilmas va mazmunli Sammitning muvaffaqiyatli oʻtishiga xizmat qildi.
Endi kelajakka ishonch va shijoat bilan qarayapmiz. Yevropa Ittifoqining “Global darvoza“ strategiyasi doirasida innovatsiyalar, “yashil“ energetika, muhim materiallar, transport va logistika, raqamlashtirish, taʼlim, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi va oʻzaro bogʻliqlik kabi ustuvor sohalarni qamrab olgan umumiy kun tartibi chuqur hamkorlik va fuqarolarimiz uchun sezilarli natijalarga mustahkam asos yaratadi. Shu munosabat bilan Oʻzbekistonning koʻp qirrali hamkorligi, ayniqsa, iqlim sohasidagi global maqsadlarni ilgari surish, mamlakatingizning barqaror rivojlanish va mintaqaviy muloqot masalalarida yetakchiligi uchun Yevropa Ittifoqi nomidan chuqur minnatdorlik bildiraman.
Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlarda yana bir muhim bosqichni boshlab beradigan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni imzolash uchun Sizni Bryusselda qutlash imkoniyatini intiqlik bilan kutmoqdaman. Ishonchim komilki, uchrashuvimiz strategik muloqotimizni davom ettirish, shuningdek, mushtarak qadriyatlar va umumiy maqsadlar asosiga qurilgan sheriklikni ilgari surish yoʻlida birgalikda ishlash uchun qulay imkoniyat yaratadi.
Janobi Oliylari, Sizga boʻlgan yuksak ehtiromimni qabul qilgaysiz.
Hurmat bilan,
Antoniu Koshta,
Yevropa Kengashi Prezidenti
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring