Yevrokomissiya Googleʼni deyarli 3 mlrd yevro jarimaga tortdi
Yevropa komissiyasi Google kompaniyasiga reklama bozorida ustunlik mavqeidan suiisteʼmol qilgani uchun 2,95 mlrd yevro miqdorida jarima soldi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Kompaniya oʻz reklama xizmatlariga imtiyoz berishni toʻxtatishi shartligi taʼkidlangan.
“Bozorlarda izdan chiqish holatlari kuzatilganda, davlat idoralari ustun oʻyinchilar oʻz kuchidan suiisteʼmol qilmasligi uchun chora koʻrishi shart”, — dedi YIning raqobat masalalari boʻyicha komissari Teresa Ribera.
Uning soʻzlariga koʻra, haqiqiy erkinlik — bu barcha ishtirokchilar teng sharoitda raqobat qila olishi va fuqarolar haqiqiy tanlov huquqiga ega boʻlishidir.
Yevrokomissiya qarori Yevropa nashriyotchilar kengashi shikoyati asosida qabul qilindi. Bu qaror AQSH prezidenti Donald Trampning Big Tech kompaniyalariga bosim oʻtkazilsa, javob choralari koʻrilishi haqidagi ogohlantirishi fonida chiqdi.
Google esa mazkur qaror ustidan apellyatsiya berishini maʼlum qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
- “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring