Eron prezidenti poytaxtni Tehrondan Fors koʻrfaziga koʻchirishni taklif qildi
Eron prezidenti Masud Pezeshkiyon mamlakat poytaxtini suv tanqisligi va yer qaʼrining choʻkishi sababli Tehrondan mamlakatning janubiy hududlariga koʻchirish taklifini bildirdi.
Prezidentga koʻra, 10 million aholisi bor Tehron suv resurslarining chorak qismini sarflamoqda, aholi soni ortishi va yogʻingarchilikning kamayishi yerning yiliga 30 smgacha choʻkishiga olib kelmoqda.
“Tehron, Keredj va Qazvin suv inqirozida. Buni oddiy choralar bilan hal qilib boʻlmaydi”, — dedi Pezeshkiyon.
Uning aytishicha, yangi poytaxt sifatida Xormozgan viloyati koʻrib chiqilmoqda. Bu hududning Fors koʻrfaziga chiqishi, strategik ahamiyati va iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlari bor.
Prezident taʼkidlaganidek, agar Tehronga suv tashilsa, har kubometr suv taxminan 4 yevro turadi. U mamlakatga “ilmiy asoslangan milliy reja” zarurligini qayd etdi.
Maʼlumot uchun, Eronda 2024-yilda yogʻingarchilik meʼyoridan 60% kamayib, atigi 140 mmni tashkil etdi.
Poytaxtni koʻchirish gʻoyasi avval ham muhokama qilingan, ammo hozirgi resurslar inqirozi bu masalani yanada dolzarb qilayotgani aytilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring