Endilikda alkogol, pivo, vino, tamaki mahsulotlari va nikotin moslamalari uchun chegirmalar qoʻllanilmaydi
Chakana savdodagi aksiya va chegirmalar uchun yangi huquqiy tartib joriy qilindi. Bu haqida “Raqobat qoʻmitasi” xabar berdi.
Unda aytilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktyabrdagi 662-sonli qaroriga koʻra chakana savdoda aksiya va chegirmalarni huquqiy jihatdan tartibga solish va davlat nazoratini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari”ga chakana savdo qilishda tovarlarga ragʻbatlantiruvchi aksiya va chegirmalar qoʻllash tartibi hamda ularni qoʻllash boʻyicha talablarni buzganlik uchun javobgarlik choralari qoʻllanilishi boʻyicha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.
Mazkur qarorga koʻra, mazkur savdo qoidalari “ragʻbatlantiruvchi aksiya”, “narxnoma”, “chegirma narx” va “chegirma narxgacha” kabi tushunchalari bilan toʻldirildi.
Shuningdek, sotuvchi isteʼmolchilarning qiziqishini oshirish, sotuvni koʻpaytirish yoki boshqa maqsadlarda oʻzi realizatsiya qilayotgan tovarlarga nisbatan ragʻbatlantiruvchi aksiya yoki chegirmalar qoʻllashi mumkin, ammo alkogol, pivo, vino, tamaki mahsulotlari va nikotin moslamalari bundan mustasno.
Chegirma eʼlon qilinganda quyidagi talablar belgilangan:
- Avvalgi narx — oxirgi 30 kun ichidagi eng past narx boʻlishi shart. (qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bundan mustasno);
- Aksiyadagi narx odatdagi narxdan katta shriftda yozilishi mumkin emasligi (agar narxnoma mavjud boʻlsa);
- Narx sunʼiy ravishda koʻtarilib, keyin tushirilib chegirma sifatida koʻrsatish orqali isteʼmolchilarni chalgʻitishi taqiqlandi;
- Aksiya/chegirma haqidagi axborotlarni soliq organlariga 10 kun oldin taqdim etilishi;
- Sotuvchi chegirma eʼlon qilish oldidan tovar va narxlar hisobini yuritishi, oxirgi 30 kunda amalda boʻlgan narxlarini qayd etishi va isteʼmolchiga mazkur maʼlumotni taqdim etishi;
- Sotuvchi aksiya oʻtkazish shartlari, aksiyaning amal qilish muddati, sotib olish shartlari, aksiyaga qoʻyiladigan tovarlar nomi (turkumi), narxi, imtiyozlar va boshqa muhim maʼlumotlarni isteʼmolchilarga aniq va tushunarli qilib yetkazishi;
- Aksiyaga qoʻyilgan tovarlar zaxirasini uning amal qilish muddati davomida yetarli miqdorda boʻlishini taʼminlashi;
- Agar chegirma uchun shaxsiy maʼlumot talab etilsa, sotuvchi qonunchilikka rioya qilishi va isteʼmolchini maʼlumotlarni qayta ishlash maqsad va shartlari haqida xabardor qilishi;
- Ragʻbatlantiruvchi aksiya va chegirmalar qoʻllash boʻyicha talablarni buzganlik uchun javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring