Eldor Shomurodovning goli “Roma”ga gʻalaba keltirdi (+video)

Yevropa Ligasi 1/8 finali doirasida boʻlib oʻtgan “Roma” — “Atletik” uchrashuvida Rim klubi 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Jamoaning hal qiluvchi golini hamyurtimiz Eldor Shomurodov kiritib, jamoasiga muhim ustunlikni taqdim etdi. Bellashuvda dastlab ispan klubi oldinga chiqqan boʻlsada, rimliklar ikkinchi boʻlimda oʻyinni oʻz foydasiga burishga muvaffaq boʻldi.
Uchrashuvdagi hisob 50-daqiqada “Atletik” aʼzosi Inyaki Uilyams tomonidan ochildi. 6 daqiqa oʻtib, Anxelinyo Rim klubining muvozanatni tiklashiga yordam berdi. Bahs yakuniga yaqin, 71-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Eldor Shomurodov gʻalaba golini urib, Rim klubi uchun muhim natijani taʼminladi. Oʻzbekistonlik futbolchi oʻyinda atigi 19 daqiqa harakat qildi, ammo bu vaqt ichida samarali harakatlari bilan ajralib turdi.
“SofaScore” reytingi boʻyicha uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida Inyaki Uilyams qayd etildi – 7,8 ball. Eldor Shomurodov esa 7,3 ball bilan “Roma”ning eng faol oʻyinchilaridan biri boʻldi. Oʻzbekistonlik futbolchi maydonda 12-marta toʻpga tegdi, darvozaga yoʻllagan bitta zarbasi golga aylandi. U jami 8 pas uzatgan boʻlib, shulardan 7 tasi manzilga yetib borgan.
“Roma” safida eng yaxshi bahoni Eldorga golli uzatma bergan Aleksis Salemakers oldi – 7,8 ball. Undan keyin Zeki Chelik (7,5 ball) va birinchi gol muallifi Anxelinyo (7,4 ball) yuqori baholandi. Eng past ball esa Artyom Dovbikka (6,5 ball) berildi. “Atletik” safida eng past baho Yeray Alvaresga tegishli boʻldi – 6,3 ball.
Mazkur jamoalar oʻrtasidagi javob uchrashuvi 13-mart kuni Bilbaodagi “San-Mames” stadionida boʻlib oʻtadi. Rimliklar oldinda boʻlishiga qaramay, javob bahsida “Atletik” vaziyatni oʻnglashga harakat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring