Ekspert: “O‘zbekiston rahbariyatining faolligi mintaqadagi vaziyatga yangicha qarashni talab qilmoqda”

Rossiyaning MDH davlatlari instituti O‘rta Osiyo bo‘limi boshlig‘i Andrey Grozin MDH davlatlari hukumat rahbarlari majlisi kun tartibi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Bir tomondan mintaqada ilgari biz kuzatgan xavf-xatarlar dolzarbligicha turibdi. Boshqa tarafdan, Afg‘onistondagi vaziyat oydan oyga murakkablashib boryapti, boz ustiga bunday holat Afg‘onistonda kuzda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari arafasida tobora qaltislashmoqda. Ular qanday o‘tadi, hech kim hech narsa deya olmayapti, biroq ko‘pchilik ekspertlarning fikricha, bu Afg‘oniston va unga chegaradosh davlatlar xavfsizligiga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin”, dedi Grozin.
Uning fikricha, majlis kun tartibi Markaziy Osiyo atrofida siyosatchilarning faollashganini ham tushuntirib beradi.
Ekspert O‘zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan yaqin qo‘shnilar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va yig‘ilib qolgan konfliktli potensiallarni olib tashlash bo‘yicha faolligi mintaqadagi vaziyatga yangicha qarashga undayotgani haqida aytib o‘tdi.
“Ayni paytda mintaqa ichida qandaydir yangi kartina shakllanmoqda. Bu vaziyatga, iqtisodiy imkoniyatlarga, xavfsizlikka, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka yangicha qarash uchun sabab bo‘lyapti”, dedi u.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring