“DXX kubogi” gʻoliblariga yangi oʻyingoh qurib berildi
Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Qamashi tumanining Samarqand mahallasi yoshlaridan tuzilgan havaskor mini-futbol jamoasi oʻtgan yili “DXX kubogi” musobaqasida uchinchi bor gʻoliblikni qoʻlga kiritgandi.

Musobaqa nizomiga koʻra, gʻolib jamoalarning mahallasiga sovrin sifatida zamonaviy mini-futbol maydoni qurib berilishi belgilangan. Samarqand mahallasi jamoasi musobaqaning 2021-yilgi mavsumidagi gʻolibligi uchun mini-futbol maydoniga, 2023-yilgi mavsumidagi gʻolibligi uchun zamonaviy mahalla guzariga ega boʻlishgandi.

Shu bois bu gal jamoa murabbiyi va futbolchilarning taklifi asosida, ularning ilk mashgʻulotlari boshlangan Doʻstlik mahallasidagi 61-maktab hududida yangi oʻyingoh qurib berildi. Natijada yangi inshootdan nafaqat gʻolib jamoa aʼzolari, balki maktab oʻquvchilari ham samarali foydalanish imkoniga ega boʻldi. Majmuaning tantanali ochilish marosimi mahalla ahli uchun haqiqiy bayramga aylandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring