Davlatoboddagi oilaviy poliklinika ikki baravar quvvatga ega yangi binoga koʻchib oʻtdi
Namangan viloyatining Davlatobod tumanida aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida navbatdagi muhim loyiha amalga oshirildi. “Gulshan” mahallasi hududida joylashgan 11-sonli oilaviy poliklinika endi yangi tiklangan zamonaviy binoda faoliyat koʻrsatadi. Mazkur inshoot 2 milliard 757 million soʻm mablagʻ evaziga qurilib, bu yerda shifokorlar uchun qulay ish sharoiti, bemorlarga keng va yorugʻ qabul xonalari barpo etilgan.Shuningdek, laboratoriya, diagnostika va profilaktika xizmatlari, fizioterapiya muolajalari uchun ajratilgan xonalarning jihozlari ham butunlay yangilandi.

- Muassasasimiz kuniga yuz nafar fuqaroni qabul qilish imkoniyatiga ega boʻldi, -deydi bosh shifokor Rahimjon Rahimov. — Ayni paytda “Gulshan” hududdagi toʻrtta mahallaning 21,7 mingdan ziyod aholisiga birlamchi tibbiy xizmat koʻrsatilmoqda.

Yangilangan poliklinika bugungi kunda raqamlashtirilgan holda faoliyat koʻrsatayotir. DMED tizimi ishga tushirilgani natijasida bemorlarga infokiosk orqali navbat cheki berish va ularni zarur mutaxassisga yuborish tartibi qoʻllanilayotgani barchaga yengillik yaratmoqda.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring