Davlat dasturi ijrosi deputatlarni qoniqtirdimi?

13:01 26 Yanvar 2022 Jamiyat
577 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisda deputatlar “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturining 2021-yilda bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisobotini muhokama qildi.

Taʼkidlash joiz, kun tartibidagi ushbu masala dastlab siyosiy partiyalarning parlamentdagi barcha fraksiyalari majlislarida atroflicha muhokamalardan oʻtdi. 

Har bir fraksiya oʻz yigʻilishilarida deputatlar tegishli Hukumat aʼzolaridan koʻtargan savollarga aniq javoblar oldilar. Fraksiyalar hisobot yuzasidan oʻz pozitsiyalarini belgilab oldilar.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Bosh vazir oʻrinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J. Qoʻchqorov maʼruza qildi.

Hukumat tomonidan taqdim etilgan hisobotda keltirilganidek, koronavirus pandemiyasining respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga taʼsirini yumshatish borasida oʻz vaqtida koʻrilgan choralar natijasida 2021-yilda yalpi ichki mahsulot hajmi oʻtgan yilga nisbatan 7,4 foizga oʻsishiga erishildi.

Byudjet daromadlari 164,7 trln. soʻmga ijro etilgan boʻlsa, davlat byudjeti xarajatlari 188,7 trln. soʻmni, shundan ijtimoiy sohalarga yoʻnaltirilgan xarajatlar 92,6 trln. soʻmni tashkil qildi. Ushbu amalga oshirilgan xarajatlar oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 30,9 foizga oshgan.

Hisobot davrida 11,1 mlrd. dollar miqdorida xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilib, prognozga nisbatan 113 foizga bajarildi. Davlat investitsiya dasturi doirasida 5,9 mlrd dollarlik 318 ta yirik va ahamiyatli loyihalar hamda hududiy investitsiya dasturlari doirasida 7,4 mlrd. dollarlik 15 170 ta loyihalar ishga tushirilishi hisobiga 273,7 mingta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Majlisda taʼkidlanganidek, shu davrda dastlabki maʼlumotlarga koʻra, respublika eksporti (maxsus eksportsiz) 12,1 mlrd. dollarni tashkil etdi hamda oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 32,1 foizga yoki 2,9 mlrd. dollarga oʻsishi taʼminlandi. Eksport hajmlarining oʻsishi asosiy drayver sohalari sifatida belgilab olingan tarmoqlar va yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan mahsulotlar hisobiga taʼminlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер