Daraxtlarni noqonuniy kesgan fuqaro 25 million soʻmdan ortiq jarimaga tortildi

10:56 12 Yanvar 2026 Jamiyat
238 0

Keng koʻlamli targʻibot ishlari, joriy etilgan taqiqlar va qatʼiy jazo choralariga qaramay, joylarda daraxtlarni noqonuniy kesish holatlari hamon uchrab turibdi.

Xususan, maxsus oʻtkazilgan tekshiruvlar davomida Samarqand shahrida fuqaro A.I. hech qanday tegishli ruxsatnomalarsiz tabiiy holda oʻsgan 7 tup mevali va manzarali daraxt hamda 10 tup butasimon daraxtni noqonuniy ravishda kesib tashlagani aniqlandi.

Ushbu qonunbuzarlik holati yuzasidan fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 79-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Natijada unga bazaviy hisoblash miqdorining 25 barobariga teng — 10 million 300 ming soʻm jarima qoʻllanildi. Shuningdek, tabiatga yetkazilgan zarar uchun qoʻshimcha ravishda 15 million 450 ming soʻm undirish belgilandi.

Taʼkidlash joizki, daraxt va butalarni muhofaza qilish ekologik barqarorlikni taʼminlashning muhim shartlaridan biri boʻlib, bu borada qonun talablariga qatʼiy rioya etish har bir fuqaroning burchidir.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?