Daraxtlarni koʻchirib oʻtkazaman deb ularni nobud qilgan mansabdorlarga jinoyat ishi ochildi

11:56 30 Iyul 2025 Jamiyat
205 0

Buxoroda daraxtlarni koʻchirib oʻtkazaman deb, ularning nobud boʻlishiga sababchi boʻlgan mansabdorlarga jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Buxoro shahri “Sheyxon” MFY hududida joylashgan tibbiyot markazida radiologiya boʻlimini qurish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilayotgan paytda, ushbu obyekt atrofi oʻrab olinganligidan foydalanib, “M. G.” MCHJ mansabdor shaxslari tomonidan qonunbuzarlikka yoʻl qoʻyilgan. Yaʼni tibbiyot markazi hududida daraxtlar noqonuniy tarzda koʻchirilgan.

Oʻrganish jarayonida hududdan jami 38 tup qimmatbaho daraxt koʻchirib oʻtkazilgan boʻlib, ularning 26 tupi nobud boʻlganligi aniqlandi. Natijada tabiatga 170 million 62 ming 500 soʻm miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etilib, jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Surxondaryo viloyati Termiz shahrida 219 tup daraxt noqonuniy tarzda kesib tashlangani toʻgʻrisida xabar qilgandik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?