Chorvachilik rivojiga qaratilgan loyihalar amalda

11:31 06 Iyun 2024 Jamiyat
183 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Bugungi kunda Toyloq tumanida qoramolchilikka ixtisoslashgan 19 ta fermer xoʻjaliklarida jami 4675 bosh qoramol parvarishlanmoqda. Mavjud xoʻjaliklarning 15 tasi sut yoʻnalishiga, 4 tasi goʻsht yoʻnalishiga ixtisoslashgan.

Shuningdek, tumanda uchta parrandachilik fabrikasi, uchta asalarichilik xoʻjaligi, 8 ta baliqchilik xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

— Joriy yilning birinchi choragida fermer xoʻjaliklari tomonidan 4250 tonna goʻsht, 2800 tonna sut, 5 million dona tuxum yetishtirildi, — deydi tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi Rustam Haydarov. — Yil yakuniga qadar fermer xoʻjaliklari tomonidan 26300 tonna goʻsht, 12400 tonna sut, 20 million 200 dona tuxum, 42 tonna baliq, 20 tonna asal yetishtirish rejalashtirilgan. Bunda tumanimizdagi “Siyob—Shavkat—Orzu”, “Akmal Toshpoʻlatovich”, “Mashhura—Sobira Gold” qoramolchilik fermer xoʻjaliklarining oʻrni katta boʻlmoqda.

Tumanda chorvachilik rivojiga qaratilgan yangi loyihalar ham amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yilda chorvachilikni kengaytirish maqsadida uchta qoramolchilik, 2 ta parrandachilik, 1 ta asalarichilik, 1 ta baliqchilik loyihalarini amalga oshirish koʻzda tutilgan. Bugungi kungacha qoramolchilik boʻyicha 2 ta loyiha, parrandachilik boʻyicha 2 ta loyiha amalga oshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?