“Chimyon” hududida joylashgan restoran yonib ketdi
Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, “Chimyon” MFY hududida joylashgan restoranlarning birida yongʻin yuz berdi. Bu haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 10-iyun kuni soat 01:32 da Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, “Chimyon” MFY hududida joylashgan yogʻochli konstruksiya materialidan qurilgan restoranlarning birida yongʻin roʻy berganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.
Mazkur murojaatga asosan, 5 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 02:01 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 02:13 da oʻrab olingan va soat 04:20 da toʻliq oʻchirilgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yongʻin natijasida restoranning taxminan 300 kv.m maydonda tomi, shifti, ichki qismi va jihozlari yongan.
“Yongʻin oqibatida tan jarohati olganlar toʻgʻrisida xabar kelib tushmagan. Yongʻin sababi va zarari aniqlanmoqda”, — deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring