Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha navbatdagi imtihon sanasi eʼlon qilindi

14:43 07 Yanvar 2026 Jamiyat
342 0

Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi. Bu haqida Bilimni baholash agentligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, imtihonning yozma qismi 10-11-yanvar kunlari, gapirish koʻnikmasini baholash imtihonlari esa 12-16, 19-23 hamda 26-yanvar kunlari boʻlib oʻtishi belgilangan.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini “my.gov.uz” saytining “Mening arizalarim” boʻlimidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin boʻladi.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi koʻrsatilgan boʻlib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish soʻraladi.

Talabgorlar test sinovi oʻtkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi. Imtihon oʻtkaziladigan joylar va ularning joylashuvini “telegra.ph” havolasi orqali bilib olishlari mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?