Chekka goʻshaning bir muammosi kun tartibidan tushdi
Buxoro viloyatining chekka manzili sanalgan Peshku tumani Xorkash mahallasida yashovchi aholining uzoq yillik orzusi roʻyobga chiqdi. Bu yerda 120 oʻringa moʻljallangan maktabgacha taʼlim tashkilotining qoʻsh qavatli binosi qurilib foydalanishga topshirildi.
— Ushbu mahallada ayni paytda 3 mingdan ziyod aholi istiqomat qilmoqda, — deydi Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi H. Sharopova. — Tabiiyki, 3 – 7 yoshdagi bolalar soni ham oz emas. Shu nuqtayi nazardan barcha qulayliklarga ega zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkilotining ish boshlagani hudud aholisi, xususan, yosh ota-onalar uchun ayni muddao boʻldi. Negaki, bolalarni umumiy oʻrta taʼlim maktabiga tayyorlash masalasi kun tartibidan tushdi. Muhimi, endi xorkashliklarning jajji farzandlari shahardagidan qolishmaydigan shart-sharoitlarda taʼlim-tarbiya olishadi.
Yurtimizning barcha goʻshalarida kuzatilayotgani kabi Peshku tumanida ham yosh avlodning barkamol voyaga yetishi yoʻlida bu kabi xayrli ishlar izchil davom ettirilmoqda. Ayni paytda tumanda jami 164 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyat koʻrsatmoqda. Bu esa 3 – 7 yoshli bolajonlarning 10 ming nafaridan ziyodini yoki 92 foizini bogʻchalarga qamrab olish imkonini berdi.
Istam IBROHIMOV
(“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring