Buxoroda 3,9 milliard soʻmlik elektrni kim va qanday talon-taroj qilgani maʼlum boʻldi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Buxoro tuman boʻlimi «Oʻzenergoinspeksiya» hududiy boshqarmasi va tuman ETK xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida elektr energiyasiga noqonuniy yoʻllar bilan ulangan fermer xoʻjaliklarini aniqladi.
Maʼlum boʻlishicha, Buxoro tumanida bir nechta fermer xoʻjaliklari 3,9 milliard soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
Qayd etilishicha, «B.» MFY hududida faoliyat yurituvchi fermer xoʻjaliklari masʼul shaxslari quvvati 55 kVt boʻlgan suv nasosini tijorat maqsadida elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan yashirincha ulab olgan va davlat hamda jamiyat manfaatiga katta miqdordagi zarar yetkazgan.
«Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda», deyiladi xabarda.
Avvalroq, Toshkentda advokat 100 ming, sobiq prokuror 30 ming dollar pora bilan qoʻlga tushgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring