Buxoro viloyatida yuk mashinasi yonib ketdi
Joriy yilning 3-yanvar kuni Buxoro viloyati Vobkent tumanida yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, 3-yanvar kuni soat 14:20 da M-37 avtomobil yoʻlining Buxoro viloyati Vobkent tumani hududidan oʻtuvchi 241-kilometrida “Hyundai-Porter” rusumli yuk avtomobilining salonida yongʻin sodir boʻlgan. Haydovchi tezda mashinani toʻxtatdi. Voqea joyiga oʻt oʻchiruvchilar yetib kelib, yongʻinni oʻchirishdi.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Avtomobil shikastlangan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi IIBB va Vobkent tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring