Buxoro tumanida tibbiyot birlashmasi uchun zamonaviy binolar qad rostlamoqda

Foto: Xalq so'zi
Buxoro tuman markazi Galaosiyo shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiyot birlashmasi bino – inshootlari har jihatdan eskirib, shu kun talablariga javob bermay qolgandi. Bu esa tamoman yangi loyihaga qo‘l urishni taqoza etdi.
Salkam ikki gektar maydonda barpo qilinayotgan binolar ikki, uch va to‘rt qavatli bo‘lib, ushbu yirik ijtimoiy loyihaga investisiya dasturiga muvofiq, 4,8 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan. Bu yerda tug‘ruq kompleksi, terapiya, jarrohlik bo‘limlari, bolalar shifoxonasi, yuqumli kasalliklar bo‘limi, shuningdek, tez tibbiy yordam stansiyasi uchun inshootlar qad rostladi. Obyektlar bosqichma bosqich qurib bitkazilmoqda.
Yaqinda tuman tibbiyot birlashmasining qo‘sh qavatli yuqumli kasalliklar bo‘limi hamda tez tibbiy yordam stansiyasi binolari tantanali tarzda foydalanishga topshirildi. Bo‘lim tibbiy xizmat sifatini oshirish imkonini beradigan ilg‘or uskunalar bilan, stansiya esa maxsus jihozlangan avtotransport vositalari bilan ta’minlangan. Shifokorlarning samarali mehnat qilishlari, bemorlarning tezroq sog‘ayib oilalari bag‘riga qaytishlari uchun zarur shart – sharoitlar yaratilgan.
Bu loyihani amalga oshirishda viloyatdagi “47-son xo‘jaliklararo ko‘chma mexanizasiyalashgan kolonna” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari jonbozlik ko‘rsatishmoqda.
Istam IBROHIMOV, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring